» » Aqto‘bedagi avtobus halokati qurbonlariga bag‘ishlangan xayriyada 320 mln so‘m yig‘ildi

Aqto‘bedagi avtobus halokati qurbonlariga bag‘ishlangan xayriyada 320 mln so‘m yig‘ildi


Aqto‘beda fojiali tarzda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga atab o‘tkazilayotgan xayriyada 320 million so‘m mablag‘ yig‘ildi, deb ma’lum qildi bloger Xushnudbek Xudayberdiyev.

“Biz biroz muddat davomida xayriya haqida ma’lumot bermagan edik, buning uchun ma’zur tutgaysiz. Shunchaki hadeb, har kuni aytaversak ham, ishimizni ko‘z-ko‘z qilayotgandek bo‘lib qolishdan qo‘rqdik. Alloh xayriyamizni riyodan uzoq qilsin, ilohim”, — deb yozadi bloger.

Uning ma’lum qilishicha, turli joylarda oylik maosh berishning muddatini hisobga olib, ko‘plab iltimoslarga binoan xayriya 10-fevralga qadar davom etadi. U, shuningdek, qaysi davlatdan qancha mablag‘ yig‘ilgani haqida ham ma’lumot berdi:

Shunda bugungacha kelib tushgan jami xayriya miqdori:

Eslatib o‘tamiz:

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q): 8600 3104 3723 2663 (Aloqabank)

Karta — Najmiddinov Bahriddin nomiga ochilgan.

Rossiya va MDHdagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin: 63900218 9070623784

Yusupov Ural Xujakulovich nomiga ochilgan (“Sberbank Maestro”)

Koreyadagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin: 1002-856-118459 Woori Bank (ATMdagi kodi 020)

Dadajonov Rakhimjon nomiga ochilgan

Xorijdagilar PayPal tizimi orqali quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin: “paypal.me/AbrorjonKodirov” (“abrorkodirov.uz@gmail.com”)

Savollar tug‘ilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют