» » Hasanboy Do‘stmatov hamda Shahobiddin Zoirov rossiyalik yosh bokschilarga master-klass ko‘rsatdi

Hasanboy Do‘stmatov hamda Shahobiddin Zoirov rossiyalik yosh bokschilarga master-klass ko‘rsatdi


Tarixda ilk bor tashkil etilgan va boks faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarni bir yerga jamlay olgan Sochidagi bokschilar xalqaro forumida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.

Rossiya boks federatsiyasining tashabbusi bilan barcha ko‘zga ko‘ringan xalqaro federatsiyalar Sochida jam bo‘ldi. Shu tariqa Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks uyushmasi (WBC), Xalqaro bokschilar federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) vakillari bir yerga yig‘ildi. O‘zbekiston boks federatsiyasi forumga Olimpiada chempionlaridan Hasanboy Do‘stmatov hamda Shahobiddin Zoirovni yuborgan bo‘lsa, mamlakat professional boksiga javobgar tashkilot Muhammadqodir Abdullayevni Sochiga jo‘natgandi.

O‘zbekiston boks federatsiyasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Rio—2016 Olimpiadasi chempionlari bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar rossiyalik yosh charm qo‘lqop ustalari uchun master-klass o‘tkazishga olib borilgan. Sir emaski, WSB musobaqasida ham Uzbek Tigers bokschilari rossiyalik charm qo‘lqop ustalarini bir necha bor mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. Jahon Chempionati va Olimpiadadagi natijalar ham o‘zbekistonliklar Rossiya bokschilaridan hozirgi vaqtda oldinroqda ekanini ko‘rsatib turibdi. Shu vajdan Hasanboy Do‘stmatov va Shahobiddin Zoirov Sochidagi boks maktabida juda iliq kutib olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют