» » Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Putin, Yavlinskiy, Titov va Baburinni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oladi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Putin, Yavlinskiy, Titov va Baburinni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oladi


Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Vladimir Putinni 6-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan majlisda prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bu haqda komissiya raisining o‘rinbosari ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Shuningdek, MSK prezidentlikka nomzod sifatida to‘plagan 1,07 foiz imzolari haqiqiy emas deya topilgani uchun bo‘lib o‘tgan tekshiruvlardan so‘ng, Grigoriy Yavlinskiyni ham ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Nikolay Bulayevning aytishicha, Boris Titov va Sergey Baburin ham ro‘yxatga olinadi. Titov to‘plagan imzolarda 4,35 foiz, Baburinnikida esa 3,28 foiz nuqson topilgan.

Bulayevning ta’kidlashicha, “nomzodlar o‘zlarining imzo varaqalarini topshirgan xronologik tartibda chorshanba va payshanba kunlari ro‘yxatga olinadi”.

“Biz yana ikki nafar nomzodning imzo varaqalarini tekshirish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqdamiz. Ularning sifati borasidagi masalalar ertaga ishchi guruh tomonidan ma’lum qilinsa, ro‘yxatga olish borasida qaror payshanba kuni qabul qilinadi”, — deya aniqlik kiritdi Bulyaev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют