» » Toshkentda maktab-studiya bitiruvchilarining hisobot fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda maktab-studiya bitiruvchilarining hisobot fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi


Toshkent Fotosuratlar uyida ijodiy fotosan’at maktab-studiyasi bitiruvchilarining hisobot fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2006-yil oktabr oyida tashkil etilgan maktab-studiya fotografiya san’atidan saboq berish bo‘yicha yetakchi maskanlardan biri. Bu yerda yoshlarga Iskandar Sodiqov, Mixail Levkovich, Ramil Sulaymanov kabi fotoustalar kasb sir-asrorlaridan saboq berib kelmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkent Fotosuratlar uyi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada maktab-studiyada tahsil olgan fotograflar guruhining 100 dan ziyod fotoasari namoyish etilmoqda.

Guruh ishtirokchilari Azizbek Normatov, Svetlana Svejevskaya, Mixail Dovlatov, Ruslan Allaberganov, Yevgeniya Kim, Nigina Qoriyeva, Yelena Haitova, Saidakmal Ikromov, Andrey Soy, Margarita Konstantinova natyurmort, manzara, portret, animalistika kabi janrlardagi fotosuratlarni tomoshabinlar hukmiga havola etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют