» » Suriyada halok bo‘lgan Su-25 uchuvchisi Rossiya Qahramoni unvoniga tavsiya qilindi

Suriyada halok bo‘lgan Su-25 uchuvchisi Rossiya Qahramoni unvoniga tavsiya qilindi


Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyada halok bo‘lgan Su-25 samolyoti uchuvchisi Roman Filipovni mukofotga tavsiya qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“2018-yil 3-fevral kuni Suriya Arab Respublikasida terrorchilar bilan jangda halok bo‘lgan Sharqiy harbiy okrug hujum aviapolki eskadrilyasi komandiri o‘rinbosari mayor Roman Filipov Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu tomonidan o‘limidan keyin Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvonini berish uchun tavsiya etildi”, — deyiladi xabarda.

Rossiyaning Su-25 samolyoti Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirildi. Roman Filipov katapulta qilishga ulgurdi. Jangarilar parashyutda tushayotgan harbiyga qarata o‘t ochdi. Uchuvchi yerga qo‘nish va manzili haqida Xmeymimdagi qidirish-qutqarish xizmatiga xabar berishga muvaffaq bo‘lgandi. U jangarilar bilan otishmaga kirishdi, so‘ng asirlikka tushmaslik uchun o‘zini granata bilan portlatib yubordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют