» » 7-fevral kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

7-fevral kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


7-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 6—8 daraja sovuq, kunduzi 0—2 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 9—14 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 4—9 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 4—9 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab ba’zi joylarda kechasi 9—14 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 2—7, ayrim joylarda 8—10 darajagacha sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 2—7, ayrim joylarda 8—10 darajagacha sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 10—15, kunduzi 3—8, baland tog‘ hududlarida kechasi 15—18, kunduzi 10—13 daraja sovuq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют