» » Maldivning 30 yil hukmronlik qilgan sobiq prezidenti qo‘lga olindi

Maldivning 30 yil hukmronlik qilgan sobiq prezidenti qo‘lga olindi


Maldiv respublikasi politsiyasi mamlakatning sobiq prezidenti Momun Abdulla Gayumni qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters agentligiga uning matbuot kotibi Abdul Aleim ma’lum qildi, deb yozadi  “RBK”.

Gayum Maldivning hozirgi prezidenti Abdulla Yamin mamlakatda 15 sutkalik favqulodda holat e’lon qilgandan bir necha soat o‘tib o‘z uyida hibsga olingan. Bundan tashqari, huquq-tartibot organlari Gayumning kuyovini ham qo‘lga olgan.

Momun Abdul Gayum 1978-yilda Maldiv prezidenti lavozimini egallab, besh yillik muddatda ketma-ket olti marta davlat rahbari bo‘lgan. U 2007-yilda mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentlik saylovlarini joriy etish masalasida referendum tashkil etdi. U 2008-yilda bo‘lib o‘tdi, unda Muhammad Nashid g‘alaba qozondi, biroq to‘rt yildan so‘ng u taxtdan olib tashlandi. Nashid iste’foga chiqishidan avval Maldivda narxlarning oshishi va budjet mablag‘larini qonunga xilof sarflash yuzasidan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Maldivning hozirgi prezidenti Abdulla Yamin 5-fevral kuni favqulodda holat e’lon qildi. Mazkur qaror Oliy sud bilan mojaro tufayli qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 17:19)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют