» » Nyu-Yorkda terakt rejalashtirgan amerikalik 18 yilga qamaldi

Nyu-Yorkda terakt rejalashtirgan amerikalik 18 yilga qamaldi


Nyu-Yorkda yashovchi 22 yoshli Munter Umar Solih terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida til biriktirgani va federal huquq-tartibot organlari vakillariga hujum qilgani uchun 18 yillik qamoqqa va 10 yillik shartli qamoqqa mahkum etildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ayblov hukmi ma’lumotlariga ko‘ra, Solih IShID  terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlab terakt uyushtirishni rejalashtirgan. U tezqaynar qozon asosidagi bombani harakatga keltirish uchun boshqa shaxslar bilan til biriktirgan va shu tariqa Nyu-Yorkda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan.

Bundan tashqari, Solih va uning sherigi Farid Mumuniy terrorchilar tomonida turib jang qilish uchun IShID nazorati ostidagi hududga ketmoqchi bo‘lgan.

Solih ayblovning barcha bandlari bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan oldi. U 2015-yil iyunida yana bir sherigi bilan birga qo‘lga olingan, hibsga olish chog‘ida FQB agentlariga pichoq urmoqchi bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют