» » Sergeli tumanidagi 18-sonli bog‘chada sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning yangi tartibi bo‘yicha ilk eksperiment boshlandi

Sergeli tumanidagi 18-sonli bog‘chada sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning yangi tartibi bo‘yicha ilk eksperiment boshlandi


Sergeli tumanidagi 18-maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning yangi tartibi bo‘yicha ilk eksperiment boshlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Sergeli tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda Aziya best distribution MChJ bilan tayyor taomlarni yetkazib berish maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma imzolanib, mazkur bog‘chaning oshxonasi korxonaga foydalanishga topshirildi.

Tajriba – sinov tariqasida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik rahbariyati, Toshkent shahar maktabgacha ta’limi bosh boshqarmasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi va yana bir qator maktabgacha ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etgan.

“Oshpazlarning tashqi qiyofasidan tortib, taomnoma bo‘yicha tayyorlanayotgan taomlar texnologiyasi va sifati yig‘ilganlar e’tiborini tortdi, oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilgan holda yetkazilganiga hech qanday shubha qolmadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish ishlarini eksperiment tarzida amalga oshirish belgilangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют