» » Abdulaziz Komilov Pekinda xitoylik hamkasbi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Pekinda xitoylik hamkasbi bilan uchrashdi


7-fevral kuni Xitoyga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11–13-maydagi davlat tashrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida vazirlar tomonidan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lajak konferensiya kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Konferensiya O‘zbekiston va Afg‘onistonning qo‘shma tashabbusiga ko‘ra Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют