» » Insoniyatning supervulqon sababli qirilib ketgani haqidagi afsona rad etildi

Insoniyatning supervulqon sababli qirilib ketgani haqidagi afsona rad etildi


AQShning Arizona universiteti olimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, taxminan 74 ming yil avval Toba supervulqonining otilishi, avval hisoblanganidek, insoniyatning qirilib ketishiga olib kelmagan. Bu haqda Phys.org xabar berdi.

Mavjud nazariyaga ko‘ra, Sumatra orolida Toba vulqonining otilishi havoning sovushiga, atmosferaga oltingugurtning tarqalishi va kislotali yomg‘irlarga olib kelgan hamda ular Sharqiy Afrikada o‘smlik dunyosini yo‘qotib yuborgan va hatto Shimoliy Amerika hududiga ham zarar yetkazgan. Bunda vulqon bulutlarining ulkan qatlami Janubi-sharqiy Osiyo orollari, Xitoy va Hindiston hududlarini qoplab olgan.

“Butilka bo‘g‘zi” nazariyaga ko‘ra, o‘sha vaqtda Afrikadagi odamlar populyatsiyasi 100 mingdan 10 minggacha qisqargan, ya’ni insoniyat deyarli qirilib ketgan.

Arizona tadqiqotchilari Afrikada joylashgan Malavi ko‘lidagi Toba vulqoni otilishidan 100 yil avval va undan 200 yil keyingi vaqt oralig‘ida hosil bo‘lgan o‘smliklarning toshga aylangan qoldiqlarini o‘rgangan. Mutaxassislar o‘smliklar tarkibida vulqon qishi haqida ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan hech qanday o‘zgarishni payqamagan. Ozroq sovishga chidamsiz bo‘lgan tog‘ o‘smliklarining ba‘zi belgilari aniqlangan, xolos.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat populyatsiyasi Tobadan jiddiy jabrlanmagan bo‘lishi kerak, chunki aholi yashash joylari havo haroratining pasayishi sezilarsiz bo‘lgan tog‘lar yonbag‘rida joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют