» » Aziz Abduhakimov: “O‘zbekistonda gidlar yetishmasligi — turizmdagi eng katta muammo”

Aziz Abduhakimov: “O‘zbekistonda gidlar yetishmasligi — turizmdagi eng katta muammo”


7-fevral kuni poytaxtdagi Wyndham mehmonxonasida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi press qahva shaklida bo‘lib o‘tdi. Sessiyada turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining ta’kidlashicha, O‘zbekiston turizmidagi eng katta muammolardan biri — sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi gidlarning yetishmasligi.

“Sayyohlar O‘zbekistondagi diqqatga sazovor joylarga o‘zi tashrif buyursa boshqacha, gid bilan tashrif buyurganda esa butunlay boshqacha bo‘ladi. Gid tarixiy qadamjolar, me’moriy obidalar haqida juda ko‘p narsani so‘zlab berishi mumkin. U sayyohni mana shu hududda ko‘proq vaqt o‘tkazishida muhim o‘rin tutadi.

Hozirda gid tayyorlash bo‘yicha kollejlarda yangi tizim ishga tushirilmoqda. Jumladan, mazkur yo‘nalishdagi mutaxassislar tayyorlash kvotasi oshiriladi. Gidlar tarixni yaxshi bilishi kerak, bundan tashqari ulardan bir nechta xorijiy tillarni chuqur bilish talab etiladi. Yoshlarimizga yaxshi ish topish niyatida bo‘lsa, chet tillarini puxta o‘rganish lozimligini yetkazishimiz kerak”, — deydi Aziz Abduhakimov.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda gidlarni tayyorlashga ixtisoslashgan 6 ta kollej va ikkita oliy ta’lim muassasasi mavjud.

Qayd etilishicha, turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan turizm kollejlariga avtobuslar xarid qilinadi. Talabalar 1-kursidan boshlab amaliyotda sayyohlar bilan ishlash tartini o‘rganadi. Bundan tashqari, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar turkompaniyalarda amaliyot o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют