» » 15 kishigacha yo‘lovchi sig‘imiga ega avtotransport vositalariga Qamchiq dovonidan o‘tishga ruxsat beriladi

15 kishigacha yo‘lovchi sig‘imiga ega avtotransport vositalariga Qamchiq dovonidan o‘tishga ruxsat beriladi


7-fevral kuni poytaxtdagi Wyndham mehmonxonasida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi press qahva shaklida bo‘lib o‘tdi. Sessiyada turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuvda turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Jurnalistlardan birining O‘zbekistonda viloyatlarga qatnaydigan avtobus va minivenlarga tungi vaqtda Qamchiq dovonida harakatlanishiga ruxsat berilmagani haqidagi savoliga Aziz Abduhakimov quyidagicha javob berdi:

“Bugun davlat rahbarining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Uning 25-punktida 15 kishigacha bo‘lgan yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lgan avtotransport vositalariga Angren — Pop (Qamchiq dovoni), Samarqand — Kitob va G‘allaorol — Zomin yo‘nalishida harakatlanishiga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, mazkur qarorda sayyohlarni tashish bilan shug‘ullanuvchi avtobuslarning xavfsizlik talablariga javob berishi zarurligi ham belgilab qo‘yilgan. Ularda GPS, sug‘urta polisi, nur qaytargich qoplama bo‘lishi kerak. Shuningdek, avtobusda ikki nafar haydovchi, avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan o‘tgani haqidagi ma’lumotnoma ham bo‘lishi talab etiladi.

Ichki ishlar organlari GPS o‘rnatilgan avtobusning qayerda harakatlanayotganini aniq biladi. Zarur holda “trevoga tugmasi” bosilganida yo‘l-patrul xizmati yoki tez tibbiy yordam yetib keladi. Bu bilan esa yo‘lovchilar xavfsizligi ta’minlanadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют