» » Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi


Peshku tumanida Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan ta’minlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ta’kidladi.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratgan subyektlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mahalliy budjetga tushumlarni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev har bir loyiha yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi. Mir Arab madrasasi bino va inshootlari, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi avtoulovlar, infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Buxoroda qorako‘lchilik bo‘yicha institut va jamg‘arma tashkil etish yuzasidan topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют