» » Sergelida qutqaruvchilar loyga botib qolgan mashinalarni chiqarib oldi

Sergelida qutqaruvchilar loyga botib qolgan mashinalarni chiqarib oldi


Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” tezkor raqamiga Lacetti rusumli  avtomashina haydovchisi avtomobili Sergeli tumani “Chortoq” mahallasi hududida loyga botib qolganligi tufayli yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida xabar berilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” tezkor raqamiga yana bir Lacetti rusumli  avtomashina haydovchisi tomonidan uning avtomashinasi Sergeli tumani “Olmazor” mahallasi hududida loyga botib qolganligi ma’lum qilingan.

Har ikkala vaziyatda ham qutqaruv otryadi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida avtomashina haydovchisiga yordam ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 09:06)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют