» » “Toshkent—Andijon—O‘sh—Irkeshtom—Koshg‘ar” koridori 25-fevraldan ishga tushadi

“Toshkent—Andijon—O‘sh—Irkeshtom—Koshg‘ar” koridori 25-fevraldan ishga tushadi


“Toshkent — Andijon (O‘zbekiston) — O‘sh — Irkeshtom (Qirg‘iziston) — Koshg‘ar (Xitoy)” yangi transport koridori bo‘ylab birinchi kolonna joriy yilning 25-fevralida yo‘lga otlanadi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar eksportchilarining mahsulotlari 5-fevral kuni tashkil etilgan Silk Road International qo‘shma korxonasining avtotransport vositalari orqali manziliga yetkaziladi. Qoshg‘arga yetib borgan kolonna ortga import mahsulotlarini olib qaytadi.

O‘tgan yilning 30-oktabridan 3-noyabriga qadar O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy yuk avtomobillari ishtirokida sinov marshruti amalga oshirilgan edi. 920 kilometr bo‘lgan umumiy masofa 31 soatda bosib o‘tilgan bo‘lib, uning 16 soat harakatga ketgan.

Avtokolonnaning o‘rtacha tezligi soatiga 50—60 kilometrni tashkil etgan. O‘zbek-qirg‘iz chegarasini kesib o‘tishga (“Do‘stlik” posti orqali) 1,5 soat sarflangan bo‘lsa, qirg‘iz-xitoy chegarasi (“Irkeshtom”) 2 soatda kesib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют