» » Yoshlar ittifoqidan yangi loyiha: “Mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor tur”

Yoshlar ittifoqidan yangi loyiha: “Mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor tur”


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi yoshlarga amaliy ko‘mak berish maqsadida yangi loyihani e’lon qildi. Bu haqda ittifoq raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Loyiha butun respublika bo‘ylab “Mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor tur” shiori ostida o‘tkaziladi.

Loyiha doirasida mahorat darslari, ijodiy va ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, “Uyma-uy” loyihasi, uchrashuvlar, ko‘chma kino va teatr truppalari namoyishlari, fermer va tadbirkorlar uchun sayohatlardan iborat jami 1500 ga yaqin tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlarga psixologlar, liderlar, shoir-yozuvchilar, madaniyat, san’at sohasi vakillari, tadbirkorlar, hunarmandlar, yosh fermerlar, olimlar jalb etiladi.

Loyihaga Andijon viloyatida start beriladi. Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi va rais o‘rinbosarlari, bo‘lim mudirlari, mutaxassislar, tashkilot tassarrufidagi 30 ga yaqin NNTlari rahbarlari va vakillari bir hafta davomida Andijon viloyatining barcha tuman va qishloqlarida bo‘ladi. Vaqtincha ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha xususiy sektor vakillari bilan shartnomalar tuzilib, 500 nafarga yaqin yoshlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

“Ushbu haftalik davomida hududdan imtiyozli kredit so‘ragan yoshlarning talabi to‘laligicha qondiriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun motivatsiya bo‘la oladigan bolalar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularga Yoshlar tashkiloti tomonidan tikuv mashinalari, 3 ming dona badiiy kitob, oziq-ovqatlar, turli o‘quv qurollari, nogiron bolalar uchun o‘yinchoqlar taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют