» » Floridadagi otishmada omon qolganlar Vashingtonda norozilik namoyishi o‘tkazadi

Floridadagi otishmada omon qolganlar Vashingtonda norozilik namoyishi o‘tkazadi


AQShning Florida shtati Parklend shahridagi maktabda yuz bergan otishmada omon qolgan 19 yoshli bitiruvchi Kris Greydi va boshqa o‘quvchilar AQShning bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari o‘tkazishini ma’lum qildi. Namoyishlarda ular qurol savdosi va uni olib yurish bo‘yicha qonunlar qat’iylashtirilishini talab qiladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

18-fevral kuni Greydi va uning do‘stlari qurollarga oid qonunchilikning qat’iylashtirilishini qo‘llab-quvvatlab, Parklend shahrida piket o‘tkazdi. Joriy yilning mart oyida ular Florida markazi Tallaxassi va AQSh poytaxti Vashington shahrida norozilik namoyishlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Biz mazkur turdagi fojia bilan to‘qnash kelgan bolalar va minglab boshqa insonlarning ovozi bo‘lishni istaymiz”, — deydi Greydi.

Mavzuga doir: AQShning Parklend shahridagi maktabda otishma yuz berdi. 17 kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют