» » OChL. “Lokomotiv” Eronda “Zob Ohan”ga mag‘lub bo‘ldi

OChL. “Lokomotiv” Eronda “Zob Ohan”ga mag‘lub bo‘ldi


Osiyo chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Eronning “Zob Ohan” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lub etishga erishdi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limda hal etildi. Murtazo Tabriziy ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida boshi bilan to‘pni darvozaga kiritib, hisobni ochgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘tib borayotgan bir vaqtda “Loko” o‘yinchisining xatosidan unumli foydalangan Muhammad Rizo Hussayni hisobning 2:0 bo‘lishini ta’minladi.

Shu tariqa “Lokomotiv” musobaqaning 2-o‘yinidayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘ldi.

Osiyo chempionlar ligasi

“B” guruhi

2-tur

Gollar: Murtazo Tabrizi 47 (0:1). Muhammad Rizo Hussayni 90+2 (0:2).

Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboyev 37, Oleg Zoteyev 64.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют