» » Fanga noma’lum o‘simlikni kashf etgan akademik Namanganda uchrashuvlar o‘tkazmoqda

Fanga noma’lum o‘simlikni kashf etgan akademik Namanganda uchrashuvlar o‘tkazmoqda


Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboyev Namangan viloyatidagi o‘quv muassasalarida o‘quvchi va talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Namangan davlat universiteti, ushbu oliy o‘quv yurti qoshidagi akademik litsey va Namangan shahridagi 57-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi. To‘raqo‘rg‘on tumani, Shahand qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan yosh akademik bilan uchrashuvlar samimiy va mazmunli o‘tdi.

Olim yoshlarga 2002—2010-yillarda jahon botanika fani darajasidagi dastlabki yirik natijalariga erisha boshlaganini hikoya qildi. Jumladan, 2009-yilda Namangan viloyatining Chorkesar va Chodak qishloqlari atrofida olib borilayotgan dala tadqiqotlari davomida Qurama tizmasining balandtog‘ mintaqasida hali fanga noma’lum bo‘lgan o‘simlik turi kashf etildi. Bu soyabonguldoshlar oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib, unga keyinchalik burmaqorabargli qurama soyabonguli (Kuramosciadum corydalifolium) nomi berildi.

Bu kashfiyot o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi bir asr davomidagi uchta yirik ilmiy yangilikning biri hisoblanadi. Umuman, akademik rahbarlik qilayotgan botanik olimlar guruhi tomonidan fan uchun yangi bo‘lgan 40 dan ortiq o‘simlik turi kashf etildi. Ularning aksariyat qismi Farg‘ona vodiysi, xususan, Namangan viloyati adirlari, tog‘li mintaqalaridan topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют