» » Toshkentda O‘zbekiston — Rossiya yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston — Rossiya yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi


12—18-fevral kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ikkinchi O‘zbekiston — Rossiya yoshlari forumi tashkil etildi, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmati.

Forum davomida “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi ta’lim muassasa va korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida rossiyalik yoshlar Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Samarqanddagi JV Man Auto-Uzbekistan MChJ qo‘shma korxonasi hamda UzAutoTrailer MChJga tashrif buyurdi.

“Mehmonlar Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotning faoliyati bilan yaqindan tanishib, axborot-resurs markazi hamda talaba yoshlarining texnik ishlanmalari va loyihalarini ko‘zdan kechirdilar. Talaba yoshlarning innovatsion texnik ishlanmalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi”, — deyiladi xabarda.

Forum doirasida ikki davlat yoshlari o‘rtasida o‘zaro muloqot, tajriba almashish muhitini yaratish, tadbirkorlik, turizm sohalarini rivojlantirish istiqbollari, yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют