» » Andijonda barpo etilgan issiqxonada yiliga 4 marotaba hosil olish mumkin

Andijonda barpo etilgan issiqxonada yiliga 4 marotaba hosil olish mumkin


Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Universalagrolyuks” fermer xo‘jaligida ilg‘or va innovatsion texnologiya asosida barpo etilgan issiqxonada yiliga to‘rt martagacha hosil olish mumkin. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Universalagrolyuks” fermer xo‘jaligi tomonidan o‘tgan yili Jahon taraqqiyot bankidan olingan 500 ming dollar miqdoridagi kredit hisobiga 1 gektar maydonda issiqxona barpo etilib, Janubiy Koreyaning “Mayson plakon” kompaniyasi innovatsion texnologiyalari asosida, ya’ni gidroponika-substrakt usulida pomidor ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

Xo‘jalikda pomidorning Turkiyadan keltirilgan “Tori” navi ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ayni kunlarda ko‘chatlar mevaga kirgan.

Kunlar isishi bilan qator poliz ekinlari, xususan, pomidor ko‘chati rivojlanishdan to‘xtaydi. Joriy etilgan yangi texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, havo harorati o‘ta isib ketgan taqdirda ham issiqxona ichidagi maxsus sovutish moslamasi havoni mo‘tadillashtirib, ko‘chatning bir maromda rivojlanishini ta’minlaydi. Shu tariqa issiqxonada sabzavot va poliz ekinlaridan yil davomida bir necha marta hosil olish mumkin bo‘ladi.

Fermer xo‘jaligida mahsulotni xalqaro andozalar talablari darajasida qadoqlash ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yetishtirilgan mahsulotning asosiy qismini eksport qilish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют