» » O‘zbekistonda joriy yili 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etiladi

O‘zbekistonda joriy yili 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etiladi


2018-yilda O‘zbekistonda 21600 dan ortiq fermer xo‘jaligida qariyb 23 mingta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xabariga ko‘ra, loyihalar doirasida 7,4 ming gektar maydonda intensiv bog‘, 4,3 ming gektar maydonda yangi tokzor, 844 gektar issiqxonalar barpo etiladi.

520 ta meva-sabzavot, sut va go‘sht, 785 ta non va non mahsulotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 3,9 mingta qoramolchilik va parrandachilik, 2,3 mingta baliqchilik va asalarichilik, 2,1 mingta qo‘ychilik, echkichilik, quyonchilik, 170 ta yilqichilik va kurkachilik hamda 8 mingta servis xizmati bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda.

2017-yilda 75 mingdan ziyod fermer xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar yordamida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Toshkent va Namangan viloyatlarida mavjud fermer xo‘jaliklarining 45-50 foizdan ortig‘i ko‘p tarmoqlilikka ixtisoslashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют