» » Toshkent shahridagi 505 mahallaga yuridik xizmatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar biriktirildi

Toshkent shahridagi 505 mahallaga yuridik xizmatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar biriktirildi


Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari mahalla fuqarolari yig‘inlariga borib, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, mahallalarda huquqiy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yordam berish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shahardagi 505 mahalla fuqarolar yig‘iniga davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar biriktirildi. Ular aholiga bepul yuridik xizmat ko‘rsatadi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlashga oid masalalar” mavzuidagi o‘quv-seminarda shu haqda so‘z bordi. Seminarda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik xizmat xodimlari, tashkilotlar rahbarlari va boshqa mutasaddi vakillar ishtirok etdi.

Seminarda yuridik xizmat xodimlari amaliyotda duch kelayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan fikr-mulohozalar bildirildi. Ularga o‘z faoliyatida foydalanishi uchun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalar elektron shaklda tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют