» » “Sevilya”ga qarshi ilk o‘yinda “Manchester Yunayted”ni David De Xeaning seyvlari qutqarib qoldi

“Sevilya”ga qarshi ilk o‘yinda “Manchester Yunayted”ni David De Xeaning seyvlari qutqarib qoldi


Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘lida “jang” boshlagan “Sevilya” va “Manchester Yunayted” klublari “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida o‘zaro to‘qnash keldi.

Bellashuvda hisob ochilmadi. Shu kuni xavfli hujumlar yaratishda mezbonlar ustunroq ko‘rindi. Ular tomonidan berilgan zarbalarni esa “Yunayted”ning ispaniyalik darvozaboni David De Xea bartaraf etib turibdi. Shu kuni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi aynan De Xea bo‘ldi deyish mumkin.

Mazkur ikki klub Yevropa Ligasining so‘nggi ikki yillikdagi g‘olibi hisoblanardi. “Sevilya” 2016-yil bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, o‘tgan mavsum “Yunayted” o‘zini ko‘rsatgan va Chempionlar Ligasiga yo‘llanma yutib olgandi.

Joze Mourinyo “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida avvaliga “Portu”, keyinroq bir necha bor “Real” murabbiyi sifatida zafar quchgandi. “Yunayted”ga esa bu nasib qilmadi. Tomonlarning javob o‘yini 13-mart kuni “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Ligasi

1/8 final o‘yini

21-fevral, chorshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 03:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют