» » O‘zbekistonda Afg‘oniston savdo ofisi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Afg‘oniston savdo ofisi tashkil etiladi


19-fevral kuni tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston Prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qilish uchun maxsus vakili Shokir Korgan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 2017-yil 4—6-dekabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy bajarilishi muhokama qilindi.

Afg‘on bozoriga maishiy texnika, transformatorlar, kabel va sim mahsulotlari, trikotaj mahsulotlari, mahalliy yengil va yuk mashinalari, avtobuslar asosida qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikani muntazam ravishda yetkazib berish orqali o‘zaro savdoni diversifikatsiya qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor berildi.

“Afg‘on vakillari tomonidan O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiya, dori vositalari, kabel va sim mahsulotlari, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobillariga katta qiziqish bildirildi. Shuningdek, tomonlar o‘zbek avtomobillarining raqobatbardoshligini oshirish uchun dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazlarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Ikki tomonlama savdo-sotiq hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida tomonlar O‘zbekistonda Afg‘oniston savdo ofisi tashkil etilishi, “Termiz Kargo” eksport markazi faoliyatini faollashtirish, hamda Qobul va Mozori-Sharif shaharlarida o‘zbek-afg‘on savdo uylarining ishga tushirilishi to‘g‘risida kelishuvlarga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют