» » Toshkentda yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in shlankdan gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin (video)

Toshkentda yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in shlankdan gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin (video)


“Toshkent” telekanalining “Poytaxt-Vaziyat” ko‘rsatuvida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Bog‘ko‘cha mahallasi 29-blokdagi 22-uyda yuz bergan va yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in haqida axborot berildi.

Mavzuga doir: Shayxontohurda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir oilaning yetti a’zosi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 200 kvadrat metr maydonda uyning tom qismi, shifti va uy jihozlari, shuningdek, hovlida turgan ikkita Lacetti avtomobili olovdan zarar ko‘rgan.

Mazkur baxtsiz hodisa tufayli ushbu xonadonda yashagan besh nafar, shuningdek, bu uyga mehmonga kelgan ikki nafar fuqaroning kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Yong‘in qo‘shni uylarning tom qismlariga ham tarqalgan. Jumladan, 23-uyning 50 kvadrat metr maydonda, 21-uyning 15 kvadrat metr maydonda tom qismi olovdan zararlangan.

“Hozirda yong‘in sababi — 22-uy yerto‘lasiga o‘rnatilgan AGV rusumli isitish qozoniga o‘tkazilgan gaz tarmog‘idagi gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmaga ulangan gofro-shlankdan gazning sizib chiqib, xonaga to‘planib qolishi va uning alangalanishi natijasidan, deb taxmin qilinmoqda”, — deyiladi “Poytaxt-Vaziyat”dagi lavhada.

Qo‘shimcha qilishlaricha, ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют