» » Britaniyalik ayol umri oz qolganini bilib barcha pullarini ishlatib yubordi. Bir yildan so‘ng esa tashxis xato qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Britaniyalik ayol umri oz qolganini bilib barcha pullarini ishlatib yubordi. Bir yildan so‘ng esa tashxis xato qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi


2016-yilning noyabrida Britaniyaning Sharqiy Yorkshir grafligida joylashgan Xall shahrida yashovchi 62 yoshli Jekki Dibbga shifokorlar manglay-chakka demensiya (tafakkur buzilishi) tashxisini qo‘ygan. Shifokorlar ayolga yana 5—7 yilgina umri qolganini ma’lum qilgan, deb xabar berdi TJournal.

Tashxisdan xabar topgan Jekki va uning turmush o‘rtog‘i Rob “qolgan umrdan unumli foydalanish”ga qaror qilib, yig‘ib qo‘ygan mablag‘larini ishlatishga kirishib ketgan. Ular 700 funtga ikki eshikli muzlatgich sotib olgan, 1,5 ming funt evaziga Turkiyaga oilaviy sayohat uyushtirgan va 4 ming funtga vanna qurgan.

Jeki hatto ayrim qarindoshlari bilan vidolashishga ham ulgurgan. Rob esa ayoliga qarash uchun ishidan bo‘shagan.

Oradan 345 kun o‘tgach Dibb qaytadan tekshiruvdan o‘tganida unda hech qanday kasallik yo‘qligi aniqlangan. Uning dastlabki shifokori noto‘g‘ri tashxis qo‘ygan. Shundan so‘ng ayol Sog‘liqni saqlash tizimining mahalliy vakolatxonasiga shikoyat yozgan. Dibbga kelgan javobga ko‘ra, depressiya sababli simptomlarda chalkashlik yuzaga kelgan.

Robning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar nima sababdan bunday xatolikka yo‘l qo‘yganliklarini tushuntirib bermagan. Dibb tibbiyot xodimlari bilan sudlashishdan bosh tortdi, chunki sud ishi shundoq ham qiyin ahvolda qolgan oila uchun 25 ming funtga tushar va 4 yil davom etgan bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют