» » Britaniyalik kolleksioner choynakni 20 dollarga sotib oldi va 800 dollarga sotdi

Britaniyalik kolleksioner choynakni 20 dollarga sotib oldi va 800 dollarga sotdi


Buyuk britaniyalik xususiy kolleksioner auksionda chinni choynakni 800 dollarga sotdi. U idishni atigi 20 dollarga sotib olgan edi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabar berilishicha, kolleksioner choynakni singan dastak va qopqoqsiz holda 2016-yilda auksionda sotib olgan. Uning 1766—1800-yillar orasida yasalgani aytilgan.

Biroq xaridorda mahsulotning kelib chiqishi bo‘yicha shubha uyg‘ongan. U mahsulotni ekspertlarga ko‘rsatgan. Ekspertiza choynakning 1763-yilda Angliyadan Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgan Jon Bartlem ismli kulol tomonidan yasalganini aniqlagan.

Bartlem tomonidan yasalgan buyumlar bozorda kamyob hisoblanadi — avvalroq uning oltita buyumi ma’lum edi. Bunda britaniyalikning tasodifiy xaridi bu buyumlar ichidagi birinchi choynak bo‘lib chiqqan.

Choynak auksionga qo‘yilganda, uning narxi 70 dollargacha chiqishi taxmin qilingan. Biroq yakunda idish 800 dollarga sotilgan. Choynak Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyiga omma uchun namoyishga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют