» » 15 yoshli Alina Zagitova Pxyonchxan Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk rossiyalik sportchiga aylandi

15 yoshli Alina Zagitova Pxyonchxan Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk rossiyalik sportchiga aylandi


Pxyonchxan qishki Olimpiadasining figurali uchish musobaqasida Alina Zagitova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bunga qadar rossiyalik sportchilar 4 ta kumush va 8 ta bronzaga ega chiqqan bo‘lib, delegatsiya tarkibidan hech kimga oltin medal nasib qilmagandi. Shu tariqa 15 yoshli Alina rossiyaliklar uchun bayramga teng tuhfani taqdim etib berdi.

Erkin chiqish dasturida Alina Zagitova 239,57 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Uning hamyurti Yevgeniya Medvedeva esa 238,26 ball bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni kanadalik sportchi yakunladi.

Rossiya terma jamoasi sportchilari doping inqilobi sabab o‘z mamlakatlari bayrog‘i va madhiyasi ostida musobaqalarga kirish huquqini boy berishgan. Doping muammosidan chetda bo‘lgan rossiyalik sportchilar neytral nom bilan qishki Olimpiadada ishtirok etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют