» » Toshkent viloyatida “Diqqat temir yo‘l” profilaktika tadbiri o‘tkazildi

Toshkent viloyatida “Diqqat temir yo‘l” profilaktika tadbiri o‘tkazildi


22-fevral kuni Toshkent viloyati hududidagi temir yo‘l kesishmalarida poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Diqqat temir yo‘l” profilaktika kuni o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari korxona, tashkilot, o‘quv muassasalari va mahallalarda profilaktik uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, maktablarda o‘quvchilar tomonidan darsdan so‘ng uylariga qaytishlarida temir yo‘l izlari orqali harakatlanmasliklari, temir yo‘l izi yaqini uy hayvonlarini boqmasliklari va temir yo‘l izlariga har xil qattiq jismlarni qo‘ymasliklari hamda poyezd oynalariga tosh otmasliklari holatlari haqida yetkazilib, bunday salbiy holatlar nimalarga olib kelishi haqida tushunchalar berildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad piyoda harakat ishtirokchilari va haydovchilar xavfsizligi ta’minlashdir, deyiladi xabarda.

O‘tkazilgan “Diqqat temir yo‘l” profilaktika kunida 32 ta temir yo‘l kesishmasiga 64 nafar YPX xodimi biriktirildi. Ular tomonidan kesishmalarda poyezdlarni o‘tish vaqtida harakat xavfsizligi ta’minlab turildi. Shuningdek, temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzgan 70 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют