» » Yangiqo‘rg‘on imomlari xayriya tashabbusini boshladi

Yangiqo‘rg‘on imomlari xayriya tashabbusini boshladi


O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi vakilligi tashabbusi bilan xayriya tadbiriga qo‘l urildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tumanning bosh masjidida plastik karta ochilib, unga savobtalab insonlardan mablag‘ kelib tushmoqda.

Xayriyadan tushgan pullar tumandagi dori-darmonga ehtiyojmand bemorlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalarga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Idoraning tumandagi vakili Rustamjon Otamatovga ko‘ra, bir haftadan ko‘proq vaqt mobaynida plastik kartaga 1,5 million so‘m yig‘ildi. Ushbu mablag‘ hisobidan Yangiqo‘rg‘on shaharchasi, “Obod”, “Beshbuloq”, “Vodiy” va “Qorasuv” mahallalaridagi 20 xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 1) ( 78) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...