» » Tramp narkosavdogarlar uchun o‘lim jazosini nooshkorona qo‘llab-quvvatlamoqda

Tramp narkosavdogarlar uchun o‘lim jazosini nooshkorona qo‘llab-quvvatlamoqda


Amerika prezidenti Donald Tramp narkotiklar savdogarlari uchun o‘lim jazosi joriy etish g‘oyasini nooshkorona qo‘llab-quvvatlamoqda. Siyosatchi o‘z yordamchilari bilan AQShda giyohvandlikka qarshi kurash choralarini muhokama qilish chog‘ida bu haqda ko‘p gapiradi, deb yozadi “TASS”.

Tramp narkosavdogarlar qamoqda “tuzalishi”ga ishonmaydi. U narkodilerlarni faqat o‘lim jazosiga loyiq bo‘lgan seriyali qotillar bilan qiyoslaydi.

Giyohvandlik muammosining yechimi sifatida AQSh prezidenti odatda Singapurni misol qilib keltiradi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Singapur  bosh vaziriga mamlakatda giyohvandlik muammosi bor-yo‘qligi haqida savol berganida, u “giyohvandlik yo‘q, ammo o‘lim jazosi bor”, deb aytgan. Shuningdek, Tramp narkosavdogarlar uchun qonunda o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan Xitoy va Filippinni ham tilga oladi.

Oq uy ma’muriyati aniqlik kiritishicha, Tramp o‘lim jazosi haqida gapirganida narkotik moddalar dozalarini ulkan hajmda tarqatuvchi yirik narkosavdogarlarni nazarda tutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют