» » KXDR TIV: Shimoliy Koreyaga nisbatan har qanday qamal urush sifatida qabul qilinadi

KXDR TIV: Shimoliy Koreyaga nisbatan har qanday qamal urush sifatida qabul qilinadi


Pxenyan AQSH tomonidan KXDRga nisbatan har qanday qamalni urush e’lon qilinishi sifatida qabul qiladi. Bu haqda Shimoliy Koreya TIV vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

AQSH 23-fevral, juma kuni Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi. Ular KXDR, Xitoy, Singapur va Tayvanga tegishli 27 kemachilik va transport kompaniyasi, 28 kema va bir jismoniy shaxsga taalluqli.

AQSH ma’muriyati vakiliga ko‘ra, “ushbu sanksiyalar paketi Shimoliy Koreyaga qachondir tatbiq etilganlari ichida eng salmoqlisi”.

“Bizga qarshi har qanday qamal urush e’lon qilinishi sifatida baholanadi. AQSHning mantiqsiz harakatlari Koreya yarim orolini yana urush yoqasiga keltirsa, bu Qo‘shma Shtatlar vijdoniga havola bo‘ladi”, — ogohlantirdi KXDR TIV vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют