» » Uchqo‘rg‘onda valyutafurushlar 3,5 ming dollar sotayotganda qo‘lga olindi

Uchqo‘rg‘onda valyutafurushlar 3,5 ming dollar sotayotganda qo‘lga olindi


Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida 1960-yilda tug‘ilgan D.J. turli qilmishlari uchun bir necha marotaba sudning qora kursisiga o‘tirganiga qaramay, yana bir marta “hassasini yo‘qotdi”. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jinoiy sheriklari V.N. va T.O. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, valyutafurushlikka qo‘l urdi. 3,5 ming dollarni Uchqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan birida fuqaro M.D. ga 29 million 780 ming so‘mga sotayotganida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani sudi majlisida qilmishlariga iqror bo‘lib, qonundan yengillik so‘ragan sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 177-moddasi, 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan eng kam oylik ish haqining 20 barobari miqdorida jarima jazosi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют