» » Yakuniy hisob: Uzbek Tigers — Cuba Domadores 4:1. So‘nggi jangda Sanjar Tursunov Erislandi Savonni taslim qildi

Yakuniy hisob: Uzbek Tigers — Cuba Domadores 4:1. So‘nggi jangda Sanjar Tursunov Erislandi Savonni taslim qildi


WSB guruh bosqichi doirasida Cuba Domadores klubini qabul qilgan Uzbek Tigers boks jamoasi 4:1 hisobida zafar quchdi. Tomonlarning Kubada kechgan ilk janglarida okean orti vakillari 5:0 hisobida zafar quchgandi.

Shu tariqa har ikki klub o‘z ringlarida zafar quchib, g‘alaba ochkolarini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik va kubalik charm qo‘lqop ustalari chorak finalga yo‘llanma olish uchun guruhda asosiy da’vogarlar hisoblanadi. Mazkur zonada, shuningdek, Venesuela hamda Kolumbiya jamoalari ham bor.

Toshkentdagi boks kechasining ilk jangida Hasanboy Do‘stmatov ringga chiqib, Xoanis Argilagosdan ustun keldi. Keyin esa yana bir Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov Robeysi Ramiresni mag‘lub etdi.

Uchinchi jangga kelibgina omad kubaliklar tomonida bo‘ldi. Iqbol Xoldorov Endi Kruzga qarshi jangda imkoniyatni boy berdi. Mazkur g‘alaba Kuba uchun birinchi va oxirgisi bo‘ldi.

Chunki keyingi ikki jangda ham Uzbek Tigers bokschilari ustunlik qildi. Isroil Madrimov -75 kilogramm vazn toifasida Arlen Lopesdan ustun kelgan bo‘lsa, -91 kilogrammda Sanjar Tursunov mashhur Erislandi Savonni taslim qilishga erishdi.

1-mart kuni Uzbek Tigers jamoasini Toshkentda yana bitta jang kutib turibdi. Cuba Domadores klubi bir yil avval Samarqandda 3:2 hisobida mag‘lub etilgandi. Oradan vaqt o‘tib, o‘zbekistonlik sportchilarning natijasi yaxshilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют