» » Yangi Zelandiya hukumatida qurolsizlanish bo‘yicha vazir lavozimi tiklandi

Yangi Zelandiya hukumatida qurolsizlanish bo‘yicha vazir lavozimi tiklandi


Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern hukumatda qurolsizlanish va qurol-aslaha ustidan nazorat bo‘yicha vazir lavozimi tiklanishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mazkur lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Uinston Piters egallashi bildirildi.

“Bu hukumat aksilyadroviy yondoshuvimiz, hozir va kelgusida tutishimiz kerak bo‘lgan o‘ringa katta ahamiyat berayotganini tasdiqlaydi. Qurolsizlanishga intilish bugungi kunda ayniqsa o‘ta muhim. Global xavfsizlik va tinchlikka tahdidlar kuchaymoqda. Bu borada Shimoliy Koreya katta tashvish tug‘dirmoqda”, — dedi Ardern.

Ma’lumot uchun, qurolsizlanish va qurol-aslaha ustidan nazorat bo‘yicha vazir lavozimi Yangi Zelandiyaning oldingi hukumati tomonidan bekor qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют