» » O‘zbekistonda homiylarga soliq imtiyozlarini taqdim etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda homiylarga soliq imtiyozlarini taqdim etish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda xayriya faoliyati va soliq imtiyozlari mexanizmini qo‘llash to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari Gayane Umerova ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy xalqaro tajribani qo‘llash maqsadida fond dunyoning 40 mamlakatida xayriya yo‘nalishida 100 dan ortiq filantrop va inrftratuzilmaviy tashkilotlarni birlashtiruvchi Worldwide Initiatives for Grantmaker Support (WINGS) xalqaro notijorat tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekistonning muzeylar va teatrlarida maqsadli kapital (endaumentlar) tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Dasturdan maqsad — samarali fandrayzing texnologiyalari joriy qilinishiga ko‘maklashish, madaniy muassasalar faoliyati uchun qo‘shimcha moliyaviy vositalarni jalb qilish.

Ma’lum bo‘lishicha, Fond tomonidan hukumat vakillari, madaniyat, biznes, ijodiy hamjamiyat sohalaridagi professionallarni birlashtirish yo‘li bilan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha samarali takliflar ishlab chiqish va muhokama qilishga yo‘naltirilgan forum o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют