» » Adliya vaziri: O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi bo‘lmoqchi

Adliya vaziri: O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi bo‘lmoqchi


O‘zbekiston birinchi marta 2021—2023-yillar uchun BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK) a’zosi bo‘lib saylanish niyatini ma’lum qildi. Bu haqda IHKning 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan 37-sessiyasida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Adliya vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, bunday qaror mamlakatda inson huquqlari himoyasini yaxshilash, O‘zbekistonda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha maqsadli ishlar doirasida, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi ijobiy baholarini hisobga olgan holda qabul qilindi.

Inson huquqlari bo‘yicha kengash — BMT tizimining 2006-yil 15-martda tashkil qilingan hukumatlararo organi. Uning tarkibiga BMT Bosh Assambleyasining ko‘pchilik a’zolari tomonidan bevosita yashirin ovoz berish yo‘li bilan uch yilga saylanadigan 47 ta davlat kiradi. Nomzod davlatlarning inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoyalashga qo‘shgan hissasi, shuningdek, ularning bu boradagi ko‘ngilli majburiyatlari va va’dalari hisobga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют