» » Yetakchilar “kushandasi”. O‘z uyida “Barselona” va “Atletiko”ni taslim qilgan “Espanyol”, endi “Real”dan ham ustun keldi

Yetakchilar “kushandasi”. O‘z uyida “Barselona” va “Atletiko”ni taslim qilgan “Espanyol”, endi “Real”dan ham ustun keldi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 26-turi “Espanyol” — “Real Madrid” o‘yini bilan start oldi.

Shu kuni “Qirollik klubi” safida Krishtianu Ronaldu, Marselo, Luka Modrich, Toni Kroos, Kazemiro kabi asosiy tarkib futbolchilari qaydnomaga kiritilmadi. Daniel Karvaxal esa zaxirada qoldi. Oqibatda “Real” Barselonadagi o‘yinda imkoniyatni boy berdi — 0:1.

“Espanyol” joriy mavsum hisobidan “Barselona” bilan o‘z uyida 1:1 hisobida durang o‘ynagan, “Atletiko”ni esa taslim qila olgandi. Madridning boshqa bir jamoasi “Real” esa so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yubordi. “Espanyol”, shuningdek, Ispaniya Kubogi doirasidagi uy o‘yinida hamshahri “Barselona”dan ustun ham kelgandi — 1:0.

“Real” va “Espanyol” jamoalarining o‘zaro so‘nggi 11 ta o‘yinida madridliklar zafar quchib kelayotgandi. 22 o‘yindan buyon barselonalik futbolchilar g‘olib chiqa olmayotgandi.

Chempionlik yo‘lida kurash olib borayotgan “Atletiko” bugun o‘z uyida o‘yin o‘tkazadi. Ertaga esa “Barselona” futbolchilari maydonga chiqib keladi.

Ispaniya La Ligasi

26-tur bellashuvlari

27-fevral, seshanba

Gol: Xerard, 93+ (1:0).

Gol: Portu, 14 (1:0).

28-fevral, chorshanba

“Atletik” — “Valensiya” 23:30 Futbol-TV

“Malaga” — “Sevilya” 23:30

“Xetafe” — “Deportivo” 23:30

“Atletiko” — “Leganes” 01:30 Futbol-TV

“Eybar” — “Vilyarreal” 01:30

1-mart, payshanba

“Betis” — “Real Sosyedad” 23:30

“Las-Palmas” — “Barselona” 01:30 Futbol-TV

“Alaves” — “Levante” 01:30



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют