» » Muxlisa Azizovaning Scorpion trilleri qisman Rossiya va Marokashda suratga olinadi

Muxlisa Azizovaning Scorpion trilleri qisman Rossiya va Marokashda suratga olinadi


Bir qator xorijlik mutaxassislarni jalb etgan yangi o‘zbek filmi Scorpion ijodiy guruhi suratga olish ishlarini boshlash arafasida turibdi. Bu haqda film ijodkorlari “Daryo”ga xabar berdi.

12-fevral kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, ichki ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Kinematografiyani rivojlantirish markazining qo‘shma qarori imzolandi. Mazkur qarorga muvofiq o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan Scorpion to‘liq metrajli badiiy filmini suratga olish va uning keng namoyishi qo‘llab-quvvatlanadi.

Filmning suratga olish ishlari mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi ko‘magida Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Rossiya va Marokash davlatlarida bo‘lib o‘tadi.

16-fevral kuni film operatori Maks Tsui (Germaniya) hamda boshqa xorijiy kinoijodkorlar suratga olish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahriga yetib kelgan.

Maks O‘zbekistonning qadimiy shahri Buxoro haqidagi Welcome to Bukhara videoroligiga ham operatorlik qilgan.

Ayni kunlarda film rejissori Muxlisa Azizova ijodiy guruh bilan film loyihasi ustida qizg‘in ish olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 12:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют