» » O‘zbekistonning yirik shaharlarida 100 tadan, boshqa shaharlarida 20 tadan mehmonxonalar quriladi

O‘zbekistonning yirik shaharlarida 100 tadan, boshqa shaharlarida 20 tadan mehmonxonalar quriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ham qator ko‘rsatmalar berilgan. Bu haqda davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prezident bugungi yig‘ilishda eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, jumladan, turizm salohiyatini ham to‘liqroq ishga solish bo‘yicha ko‘plab ko‘rsatmalar berdi. Bizda bu borada, ayniqsa, ziyorat turizmining ko‘lamini oshirish, turizm yo‘nalishida yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘plab imkoniyatlar bor.

Yig‘ilishda, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmalarni yaratish, IT-texnologiyalarni joriy etib, yangi xizmatlarni tatbiq etish, yirik shaharlarimizda 100 tadan, boshqa shaharlarimizda 20 tadan mehmonxonalar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Toki, kelayotgan mehmonlar iqtisodiyotimizda ko‘proq investitsiyalar qoldirsin.

Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

Prezident matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, yig‘ilishda turizmda pul tushumini ko‘paytirish, turistlar boradigan obyektlarga turniket orqali va to‘lov asosida kirish tizimini joriy qilish kerakligi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют