» » Janubiy Koreyada 52 soatlik ish haftasi o‘rnatiladi

Janubiy Koreyada 52 soatlik ish haftasi o‘rnatiladi


Koreya Respublikasi Milliy majlisi ish haftasini 68 soatdan 52 soatgacha qisqartirish haqidagi qonunni qabul qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Qonun iyul oyida kuchga kiradi, bunda yirik kompaniyalar ish soatlarini kichiklaridan ertaroq qisqartirishi kerak. Bo‘sh vaqtning ko‘payishi Koreya fuqarolarining hayot sifatini yaxshilashi hamda mamlakatda mehnat unumdorligi va bandlikni oshirishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, qonun tarafdorlari tug‘ilish darajasi oshishini kutmoqda, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yili aksilrekord o‘rnatgan edi.

Tashabbusni yangi prezident Mun Chje In taklif qilgandi. Yil boshida u eng kam ish haqining 16 foizga oshirilishini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Janubiy Koreyada ish haftasi 40 soatlik asosiy vaqt va 12 soatlik xizmat vaqtidan tashqari vaqtdan iborat bo‘ladi. Koreya iqtisodiy tadqiqot instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, islohot ishlab chiqarish hajmlari saqlanib qolgan taqdirda, ish beruvchilarga yiliga taxminan 11 milliard dollarga tushadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют