» » Toshkentliklar hukumatga sobiq “O‘zbum” fabrikasini saqlab qolish uchun Alisher Usmonovga murojaat qilishni taklif etdi

Toshkentliklar hukumatga sobiq “O‘zbum” fabrikasini saqlab qolish uchun Alisher Usmonovga murojaat qilishni taklif etdi


Toshkent shahridagi qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaradigan “Toshkent qog‘ozi” (sobiq “O‘zbum”) fabrikasi sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabar toshkentliklar o‘rtasida qizg‘in muhokama qilindi, deb yozadi “Nuz.uz”.

Fabrika binosi 22,2 milliard so‘m boshlang‘ich narxda 27 va 29-mart, 3 va 5-aprel kunlari kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. U 10 million dollar investitsiya majburiyati bilan sotiladi. Investitsiyalar 3 yil muddatda kiritilishi lozim.

Ammo poytaxtliklar hukumatning fabrikani modernizatsiya qilish va uni zamonaviy sanoat obyektiga aylantirish istagiga qo‘shilmaydi. Bee’tibor bo‘lmagan fuqarolar Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan bino o‘tgan asr boshidagi sanoat arxitekturasi yodgorligi ekanligini pesh qilmoqda.

Toshkentliklar “O‘zbum” binosining tarixiy qiyofasi saqlanib qolgan holda, uning madaniy obyektga — zamonaviy san’at markazi, muzey yoki ko‘rgazma zaliga aylantirilishini yoqlab chiqmoqda.

Fabrikani saqlab qolish uchun foydalanuvchilar ko‘p marta o‘z tarixiy vatanidagi qiziqarli loyihalarda qatnashishga tayyorligini bildirgan rossiyalik biznesmen va homiy Alisher Usmonovga murojaat qilishni taklif etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 1) ( 64) ( 3)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...