» » Siemens Toshkentda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini taqdim etdi

Siemens Toshkentda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini taqdim etdi


Toshkent shahridagi aloqa tarixi muzeyida bo‘lib o‘tgan seminarda “Xavfsiz shahar” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda Germaniyaning Siemens konserni tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ishlab chiqilgan so‘nggi ishlanmalar namoyish etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Siemens konserni vakillari, kommunal xizmat xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi. 

Seminarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ilk tahrirdagi “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy majmuasini yaratish va uni yanada rivojlantirishga doir konsepsiya ishlab chiqildi.

Konsepsiyaga muvofiq, yo‘llarda sodir etiladigan huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan poytaxtdagi 280 chorrahada foto va videokameralar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Toshkent shahrining yong‘in xavfsizligi tizimiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida ofatga qarshi kurashda tezkorlik oshdi. Dastlab real vaqt rejimida poytaxt elektron xaritasini muntazam yangilab turadigan shahar geoaxborot tizimi ishlab chiqildi. Bu yong‘in holatlari aniqlanganda, turli tumanlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va yong‘inni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan texnika soni va turini aniqlash imkonini beradi. 

Poytaxtning baland imoratlariga yong‘inlarni imkon qadar ertaroq payqash imkonini beruvchi yuqori aniqlikdagi maxsus kameralar o‘rnatilishi yong‘in xavfsizligini ta’minlash eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Hozirgi kunda Toshkentning turli tumanlarida shunday kameralar o‘rnatilyapti. Ular yordamida 17 yong‘in holati erta aniqlandi va bartaraf etildi. 

Seminar doirasida Siemens konsernining “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi, logistika va intellektual elektron tarmoqlariga doir texnik ishlanmalari namoyish etildi. Konsern mutaxassislari turli mamlakatlarda bunday tizimlarni joriy etish tajribasi va ularning natijalari haqida so‘zlab berdi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют