» » Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari delegatsiyalari Bryusselda ishbilarmon doiralar bilan muzokaralar olib boradi

Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari delegatsiyalari Bryusselda ishbilarmon doiralar bilan muzokaralar olib boradi


O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi vakillari Bryuselda Yevropa savdo-sanoat palatasi (Eurochambers) ijrochi direktori Arnaldo Abruzzini va palataning MDH davlatlari bo‘yicha maslahatchisi Gundars Strautmanis bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati habar bermoqda.

Hozirda Eurochambers tarkibiga Yevropaning 43 davlati, 1700 mintaqaviy va mahalliy palata, shuningdek, 20 million korxona kiradi.

Uchrashuvda Eurochambers va O‘zbekiston, jumladan, Savdo-sanoat palatasi, ayrim mintaqalar va korxonalar o‘rtasida investitsiya, texnologiya va innovatsiyalar borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘zaro aloqalarning yo‘nalishlari sifatida tabiiy resurslardan samarali foydalanish, muqobil energetika, energiyaning tiklanuvchi manbalari belgilandi.

Bryussel savdo-sanoat palatasi (BECI) raisi Olivye Villok bilan muzokaralar davomida Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari, “O‘zeltexsanoat” AK delegatsiyalarining Benilyuks davlatlariga bo‘lajak tashrifi doirasida Bryussel shahri ishbilarmon doiralari va kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv tashkillash haqida kelishib olindi.

Suhbat davomida Bryussel biznesi vakillari O‘zbekistondan oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmatsevtika va elektrotexnika mahsulotlari importiga qiziqish bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 16:43)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют