» » Beruniyning “Mineralogiya” asari ilk bora o‘zbek tilida nashr etildi

Beruniyning “Mineralogiya” asari ilk bora o‘zbek tilida nashr etildi


Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya” nomi bilan mashhur “Kitob al-jamohir fi-ma’rifat al-javohir”, ya’ni “Qimmatbaho javohirlar haqida bilimlar kitobi” tarixda ilk bora o‘zbek tilida nashr etildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Kitob O‘zbekiston Qahramoni, texnika fanlari doktori, professor Quvondiq Sanaqulov tashabbusi hamda mas’ul muharrirligi ostida chop etildi va professor M.M.Is’hoqov, A.S.Hasanov, tarix fanlari nomzodi O.S.Haitova hamda R.T.Urazova tomonidan nashrga tayyorlandi.

Shuningdek, kitobxonga yanada tushunarli bo‘lishi uchun asarda tilga olingan toshlar, minerallar va metallar haqida kitob so‘ngida zamonaviy sharh berilgan. Mazkur asar 2017-yilga qadar marhum akademik Azizxon Qayumov tomonidan tarjima qilingan.

“Mineralogiya” asarida 300 dan ortiq qimmatbaho toshlar va minerallarning nomlari, ularning kimyoviy va fizik xossalarini aniqlash, eritib sinash, konlardagi mavjud deyarli hamma qimmatbaho toshlar va ma’danlar, ularning qotishmalari haqida ilmiy ma’lumotlar bayon etilgan.

Asar taxminan 1041—1045-yillarda yozilgan bo‘lib, deyarli 1000 yil o‘tib o‘zbek tiliga tarjima qilinib, dunyo yuzini ko‘rdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 17:28)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют