» » Rossiyaliklarning 60 foizdan ko‘pi prezidentlik saylovlarida Putin uchun ovoz berishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

Rossiyaliklarning 60 foizdan ko‘pi prezidentlik saylovlarida Putin uchun ovoz berishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi


Rossiyaliklarning 63,5 foizi 18-mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Vladimir Putin uchun ovoz berishga tayyor. “Obshchestvennoye mneniye” fondi o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Respondentlarning yana 7,3 foizi LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, 6,2 foizi KPRF vakili Pavel Grudinin, 1,3 foizi teleboshlovchi Kseniya Sobchak, 0,8 foizi Grigoriy Yavlinskiy (“Yabloko”) uchun ovoz berish niyatida.

Sergey Baburin, Maksim Suraykin va Boris Titov esa 0,2 foizdan ovozlarni bo‘lib oldi.

So‘rovda ishtirok etganlarning 6,2 foizi saylovlarda qatnashmasligini bildirdi, 13,3 foizi esa bir to‘xtamga kelmagani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 23:44)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют