» » ExxonMobil “Rosneft” bilan ishlashdan bosh tortishi oqibatida 200 mln dollar zarar ko‘radi

ExxonMobil “Rosneft” bilan ishlashdan bosh tortishi oqibatida 200 mln dollar zarar ko‘radi


AQShning ExxonMobil korporatsiyasi sanksiyalar tufayli 2018-yildan boshlab “Rosneft” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi neft konlarini qidirish loyihalaridan chiqishi 200 million dollar zarar keltiradi. Bu haqda EADaily xabar berdi.

ExxonMobil va “Rosneft” 2013—2014-yillarda bir necha qo‘shma korxona tuzgandi. Biroq 2014-yili Ukrainadagi hodisalar asnosida AQSh va Yevropa Rossiya energetik sektoriga nisbatan sanksiyalar joriy etishni boshlashi. 2017-yilda esa bu cheklovlarni kengaytirishi hamkorlikka nuqta qo‘ydi.

Kompaniyalarning Qora dengiz, Arktika va G‘arbiy Sibirda 10 ta qo‘shma loyihasi mavjud edi. Ularning barchasi to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 23:58)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют