» » Samsung S9 Plus’ning kamerasi iPhone X’nikini ortda qoldirdi

Samsung S9 Plus’ning kamerasi iPhone X’nikini ortda qoldirdi


DxOMark profil sayti mutaxassislari Samsung S9 Plus flagmanini smartfonlar ichida eng yaxshi kamera sohibi deb topdi. Ekspertlar ta’kidlashicha, gadjet rekord miqdorda ball to‘plab, iPhone X va Google Pixel 2 ni ortda qoldirgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Sinov yakunlariga ko‘ra, Janubiy Koreya smartfoni rekord miqdorda ball to‘plagan. Bunda ekspertlar uning kamerasida olingan 1500 ta suratni va ikki soatdan ortiq davom etuvchi videoni baholagan.

Fotosuratlar va videotasvirlar sifati uchun berilgan umumiy baho 99 ballga teng bo‘ldi. Shu bilan birga, suratlar sifati uchun smartfonga 104 ball, video uchun esa — 91 ball berildi.

Ikkinchi o‘rinda 98 ballik umumiy natija (suratlar — 99 ball, video — 96 ball) bilan Google Pixel 2 joylashdi. “Olmali” flagmanning umumiy ko‘rsatkichi esa 97 ballni tashkil qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют